Kollej va texnikumlarda dual taʼlim şakli joriy etiladi
❓Kelasi yildan talabalar haftada 2 kun öqib, qolgan kunlar işlaydigan böladimi?
Ijtimoiy tarmoqlardagi köplab kanallar kelasi öquv yilidan boşlab talabalar haftasiga 2 kun öqib, qolgan kunlari işlaşi mumkin böladi, degan xabarlar tarqaldi. Şu masala yuzasidan savollar köpaygani uçun izoh bermoqçiman.
Eng avvalo, bunday tartib oliy taʼlim muassasalari talabalariga taalluqli emas. Bu yerda gap kollej va texnikumlarning, yaʼni professional taʼlim muassasalarining ÖQUVÇIlari haqida bormoqda.
Aniqroq aytsak, hukumatning 29-mart kuni qabul qilgan qaroriga köra, professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)da öquv jarayoni va işlab çiqariş amaliyotini birga olib borişni nazarda tutuvçi dual taʼlim şakli joriy etiladi.
Dual taʼlimning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
✅ barça kollej-texnikumlarda ham dual taʼlim şakli mavjud emas;
✅ Dual taʼlim taşkil etiladigan professional taʼlim muassasalari röyxati Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi;
✅ Dual taʼlim böyiça öquvçilarni öqişga qabul qiliş davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida umumiy belgilangan tartibda amalga oşiriladi;
✅ Kunduzgi, keçki va sirtqi taʼlim şaklida taʼlim olayotgan öquvçilarning dual taʼlimga öqişini köçiriş taqiqlanadi;
✅ dual taʼlim şaklida öquvçi tölov-kontrakt asosida öqitiladi;
✅ öquvçilar haftada kamida ikki kun kollej va texnikumlardagi öquv jarayonlarida iştirok etişadi;
✅ qolgan iş kunlarida amaliy maşğulotlar bilan birga mehnat faoliyatini olib borişlari mumkin böladi;
✅ öquvçilar işlagan kuniga haq tölanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

