Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jizzaxda qulayotgan uy böyiça Hukumat komissiyasi tuzildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

Jizzax şahrida “Çorvador-Qoraköl-Baraka” MÇJ tomonidan qurilayotgan 6 qavatli uyning qulab tuşişi sabablarini örganiş böyiça Hukumat komissiyasi tuzildi.

Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 17:10-da Jizzax şahar, “Zilol” MFY, Mustaqillik köçasida “Çorvador-Qoraköl-Baraka” MÇJ tomonidan qurilayotgan 6 qavatli qurilişi tugallanmagan köp qavatli uyning bir qismi qulab tuşgan.

Şu bois, Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi bilan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Quriliş vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi va boşqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha taşkilotlari kiritilgan.

Uşbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6 qavatli uyning qulab tuşiş sabablari, bunga omil bölgan holatlar, loyiha hamda pudratçi taşkilot tomonidan uyning barpo etilişi davrida şaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş böyiça amaldagi normativ-meyoriy huquqiy hujjatlarni örganib çiqib, taklif kiritiş vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi bugundan öz işini boşlagan.
 
Vazirlar Mahkamasi

@uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek