Jamoatçilik kengaşi NemolchiUz loyihasini qöllab-quvvatladi
Manba:Mass-media fondi
Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi qoşidagi Jamoatçilik kengaşining navbatdagi yiğilişi onlayn formatda bölib ötdi.
Yiğilişda NemolchiUz veb-sayti bilan yuzaga kelgan holat ham muhokama qilindi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ötkazilgan monitoringda «Ne molçi» loyihasi saytida milliy mentalitetimizga yot bölgan hamda fuqarolarning, ayniqsa, yoşlarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin bölgan behayo materiallar joylaştirilganligi sababli Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga zid bölgan maʼlumotlarni olib taşlaş tavsiya etilgan holda xabarnoma kiritilgan.
Mazkur vaziyat keng jamoatçilik tomonidan qizğin muhokama qilingani, xorijiy OAVlar hamda jamoat arboblari ham öz munosabatini bildirib ötganini inobatga olib, uşbu masala Jamoatçilik kengaşi yiğilişining kun tartibiga kiritildi.
Holat yuzasidan Jamoatçilik kengaşining barça aʼzolari öz munosabatlarini bildirişdi. Jumladan, axborot makonida qonunga xilof maʼlumotlarning tarqalmasligini nazorat qiliş va oldini oliş davlat organining asosiy vazifalaridan biri ekanligi, ammo maʼlum bir materialni “milliy mentalitetimizga yot” deya baholaş uçun aniq mezonlar belgilanmagani, bu esa amaliyotda monitoring qiluvçi tomonning şaxsiy qaraşlariga boğliq bölib qolişi mumkinligi, qadriyatlar sözda emas, amalda bölişi kerakligi, bugungi axborot texnologiyalari va internet zamonida bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir qiluvçi materiallar bilan kuraşişga oid munosabatlarni ham qayta körib çiqiş va özgartiriş kerakligini taʼkidlaşdi.
Şuningdek, muhokama jarayonida kelgusida AOKA qonun buzilişi holatlari yuzasidan bu kabi taqdimnomalarni kiritişda mamlakatdagi siyosat, söz erkinligi ustuvorligidan kelib çiqqan holda yondaşib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillari bilan hamkorlikni yanada kuçaytirişi maqsadga muvofiqligi alohida qayd etildi.
Hozirgi holatda Jamoatçilik kengaşi aʼzolari deyarli bir ovozdan «Ne molçi» loyihasi muallifi Irina Matviyenkoni qöllab-quvvatlaşlarini hamda jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlikning oldini olişni maqsad qilib qöygan uşbu loyihani «18+» grifi ostida faoliyat olib borişi tarafdori ekanliklarini taʼkidlaşdi.
Xulosa örnida, axborot makonining barça iştirokçilari qonunlarga qatʼiy rioya etişlar lozimligini taʼkidlagan holda, AOKA va «Ne molçi» loyihasini hozirgi murakkab şaroitda masalani konstruktiv, yaʼni özaro muloqot yöli bilan hal qilişga, barça tuşunmovçiliklarga barham berib, hamkorlikda işlaşga çaqiramiz. Umid qilamizki, mazkur masala NemolchiUz foydasiga hal böladi.
- 👍 1


