IT-mutaxassis va çoy taşuvçi maoşlari örtasidagi farq
Çoy taşuvçi > IT-mutaxassis
Ijtimoiy tarmoqlarda ish.mehnat.uz saytidagi vakansiyalar haqida eʼlonlar muhokamalarga sabab bölmoqda.
Masalan, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti uçun Axborot texnologiyalarini joriy etiş bölimi boşliği kerak ekan. Oliy maʼlumotli, kamida 5 yil va undan ortiq tajriba talab etiladigan uşbu lavozim uçun 1 mln 107 ming 307 söm iş haqi taklif qilişmoqda.
Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi esa bir qator mutaxassislar bilan birga çoy tarqatuvçilikka ham xodim qidirmoqda. Kamida örta maʼlumotli, 1-3 yillik tajribaga ega çoy tarqatuvçiga 2 mln 272 ming 400 söm maoş taklif qilinmoqda.
Bir safar OTMlarning saytlari yaxşi işlamasligini tanqid qilganimda, OTMlardan birida IT-bölimi boşliği bölib işlaydigan inson murojaat qilib, "aytiçilar" atigi 800-900 ming söm oylik olişini, yaxşi işlaş uçun OTMlarda yetarli şaroitlar yöqligini aytgandi. Har doim iloji boriça tanganing ikkinçi tomoniga ham qaraş kerak.
Xullas, telba teskari dunyo.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

