Isroil Madrimov va Şahram Ğiyosov AQŞda ringga çiqişadi

Matn15-avgust, 2020, 23:581 daqiqa0 koʻrish

​​Bir neça soatlardan keyin, aniqroği yakşanba tongida hamyurtlarimiz Isroil Madrimov va Şahram Ğiyosov AQŞda ringga kötarilişadi.

Sport şarhlovçisi Davron Fayziyev uşbu ikki jang haqida qisqa maʼlumot berib ötdi:

«Şahram uçun bu yubiley öninçi jang. Avvalgi 9 jangining barçasida ğalaba qozongan. 7 marta nokautga erişgan. Raqibi Uiston Kampos 28 yoşda, natijasi 31(ğ)-7(m)-6(d). Vaznlar grammigaça teng. Böyda 6 sm ustunlik Şahramda. Noqulaylik şundaki, Kampos özgargan raqib sifatida jang qiladi, uning uslubiga Ğiyosov alohida tayyorlanişga ulgurmagan. Lekin, boksçimizning ringdagi yuqori IQsi tezda raqibni öqişga, instinktlar esa böş nuqtalarini aniqlaşga yordam beradi.

Isroil Madrimov 5 jang, 5 ğalaba, 5 nokaut natijasini 6-6-6 raqamlariga almaştirişi mumkin. Isroilga Xirnning jiddiy eʼtibori tuşgan. Bu esa titul jangini tezlaştirişi mumkin. Raqib sifatida toifaning “eski tulki”laridan Erik Uolker tanlandi. 37 yoşda, 20-2 natijasiga ega. Ustunligi qöllarning uzunligida, Madrimovga örta va yaqin masofada işlaş qulayroq böladi. Darvoqe, jang daʼvogarlar maqomiga ega, Isroil uçun dastlabki 12-raundlik sinov böladi».

Ikkala boksçimizga omad tilaymiz, Alloh yuzlarini yoruğ qilsin!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek