Ilhom mukofoti g'oliblari taqdirlandi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan


Akrom Malik “Spark” oldi
Bugun Adiblar xiyobonida «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida «Ilhom» mukofoti respublika tanlovining sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Tanlov şoir va yozuvçilar ijodini örganiş, asarlarni tarjima qiliş, şu asosda tadqiqotlar ötkazişda yuqori natijalarga erişayotgan yoşlar örtasida ötkazildi.
Tanlovda 1-öringa Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqiç magistranti Akrom Malikov munosib topildi. U «Spark» yengil avtomobili bilan taqdirlandi.
2-öringa Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti jamoasi loyiq körilib, 30 million söm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
3-örinni Farğona davlat universiteti talabasi Qobiljon Şermatov hamda Qoraqalpoq davlat universiteti tayanç doktoranti Malika Palimbetova qölga kiritdi. Ular 15 million söm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mukofotlarni Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi A.Abduvohidov hamda Boş vazir örinbosari B.Musayev topşirdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1




