Ijodiy imtihonlar mandati nega keçikmoqda

Matn22-avgust, 2018, 13:163 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Ijodiy imtihonlarning mandati qaçon?

Keça sirtqi taʼlim şakli uçun oxirgi kun javoblari ham eʼlon qilindi va şu bilan bakalavr va magistratura uçun hamma imtihonlar öz yakuniga yetdi. Lekin bir tuşunmovçilik haligaça ayrim abituriyentlarni qiynab kelmoqda. Bu ham bölsa, uşbu yildan boşlab test sinovlari butunlay bekor qilinib, faqat ijodiy imtihon olingan yönalişlarning javoblari haligaça eʼlon qilinmagan. Yanada aniqroq aytsak, javoblar çiqqanu, lekin kim kirgan, kim kirmagani haligaça rasman eʼlon qilinmagan ekan (eʼlon qilingan javoblardan namuna pastdagi suratda).

Albatta, kim neça ball olgani maʼlum bölgaç, abituriyentlar özlari kvota doirasida qölda hisoblab çiqişibdi, ammo baribir toki rasman mandat çiqmagungaça (tagiga çizib, kim budjet, kim kontraktligi aniq körsatilmagungaça) ularning köngli xotirjam bölmayapti. Şu mavzuga oid abituriyentlardan kelgan ayrim fikrlarni eʼtiboringizga havola qilaman.

Uşbu masalaga mutasaddilar eʼtibor qaratişadi degan umiddaman.

Muştariylardan xabarlar:

1️⃣ Men ijodiy imtihon javoblari qachon chiqishi haqida bilmoqchi edim. Biz Sirdaryo viloyati Guliston davlat universitetiga ’’Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi’’ yo‘nalishiga 26-27-28-kunlari imtihon topshirgandik. Haligacha nega kirgan kirmaganimiz chiqmagan?Universitetdagilardan so‘rab, xabar olib turibmiz ular ham bilmaydi. Ballarimiz chiqqan lekin aniq javobni bilmaymiz. Test topshirganlarniki ertasi kuni chiqqan-ku javobi, nega bizniki buncha cho‘zildi? Kontraktga kirganlar bo‘lsa harakatini boshlashi kerak-ku axir.

2️⃣ Man shu yil Kamoliddin Behzod nomidagi Mrdi (milliy rassomlik va dizayn instituti)ga ikkinchi bor hujjat topshirdim ijodiy Imtihonimiz 2 bor surildi va 4 kun mobaynida boldi . bizdan keyin yana ikkinchi patok imtixoni böldi. u ham 7 avgustda tugadi . Lekin negadir haligacha Mandad chiqmayapdi. Abituriyentlar aslida kim kirdi kim kirmadini juda yaxshi hisoblab chiqishdi. Ballar elon qilinganiga 5 kundan oshyapdi. leki Kirdi kirmadi aniq emas. Qiziq Institut mamuriyati qabul komissiyasi nimani hisoblay olishmayapdi??? Nahotki ichkarida O'yin ( poraxo'rlik ) bolayapdi? Testga kop etibor berildiyu ammo Ijodiy imtihonlar qarovsiz (egasiz yuzaki ) qolib ketti....

3️⃣ ADu va Namduda musiqiy talim sport ijodiy kasbiy imtixonlarining ballari elon qilingan lekin otgan otmagan natija elon qilinmayabdi sababi nimada ekan

4️⃣ sizda muhim bir narsaga etibor qaratsangiz shu masala chetda qolib ketyabdi. Ijodiy imtihonlar natijalari sirligicha qolmoqda. Bu mavzuga kim qachon toxtaladi????

5️⃣ Maxsus sirtki yunalişi buyiça ijodiy imtixonning natijalari yani ukişga kirgan kirmaganligi 15 kun boldi mavxumligiça kelmokda bu masala buyiça oliy talim vazirligi şugulanadimi sizdan iltimos surabersangiz va kvota buyiça oladimi javob uçun oldinnan raxmat

6️⃣ Muammoim uşa,uşa.Nizomiy nomli TDPU maxsus sirtki bulimga ijodiy imtixon topşirdik.ballarimiz ertasi kuniyek ili kuyildi,lekin mandat çuzilyapti,nomaʼlum muddatga.avval 15-da,keyin 20-deyişdi,Endi 25-larga deyişibdi.Bunga sabab nima,axir ballarimiz anikku,şu masalaga aniklik kiritib bersangiz,iltimos!

7️⃣ barça universtitet kabuli va imtixon natijalari xakida malumot berib bordingiz lekin Uzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universtiteti xakida xeç gapirilmaydi xeç kayerda bu xakida. Men bu yil şu oliygoxga xujjat topşirdim imtixon 25-28iyulga kadar buldi. Lekin xali xanuz imtixon natijalaridan bexabarmiz xeç kim bizni tinglamaydi boisi nmada? Nma uçun barça oliy talim muassasalari ijodiy imtixon natijalari xakida bildiyu bizniki nomalum şu xakida malumot bersez.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing