Iftixor klubi futbolçilari kaltaklangani haqida
Manba:Daryo — LIVE
Futbol böyiça Özbekiston Pro-ligasida qatnaşuvçi «Iftixor» degan klubi bor. Farğona viloyatining Oltiariq tumanidan. Ikki kundan beri jamoatçilik diqqat markazida. Jamoa 6-may kuni Buxoroda «Labsa»ga 1:2 hisobida yutqazgan, söng «Şerdor» bilan 14-mayda öz maydonida 1:1, 18-mayda esa safarda 2:3 hisobini qayd etgan. Uç öyinda atigi bir oçko qölga kiritilgan.
26-may kuni jamoaning ikki futbolçisi — himoyaçilar Tursunboy Husanov va Hasanboy Ergaşev kaltaklangan. Muştumzörlar begona emas: biri jamoa boşliği Ahror Ergaşev, ikkinçisi esa jamoa katta murabbiyi Nodir Qöziboyev. Jamoa rahbarlari Tursunboyni ham, Hasanboyni ham «Labsa» va «Şerdor»ga öyinlarni sotganlikda gumon qilgan. Gumonlarga asos bormi-yöqmi, nomaʼlum.
«Kun.uz» kaltaklangan futbolçilarning suratlarini eʼlon qildi. Tursunboy Husanovning oyoği kökarib ketgan, umurtqa ham lat yegan. Uni Ahror Ergaşev militsiya töqmoği bilan urgan (zarbning kuçidan töqmoq sinib ketgan). Hasanboy Ergaşevni esa ketmon sopiga oyna siniğini qistirib urişgan. «Öng oyoğim boldirlari momataloq bölib ketgan. Çap oyoğim suyagi darz ketib gipsda», deydi Hasanboy.
Hokimi butun boşli tuman ahlini «horomi!» deb sökadigan, yetimlarni tarbiyalaşga masʼul baʼzi xodimlari öşa yetimlarni zörlaydigan viloyatdan navbatdagi şafqatsizlik, navbatdagi zulm namunasi. Hozirça muştumzör boşliq va murabbiyga faqat Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi çora kördi — Ahror Ergaşev ham, Nodir Qöziboyev ham futboldan çetlatildi.
Munosabat bildiriş navbati — boşqa tegişli organlarga. Xususan, Yoşlar Ittifoqiga ham. Çunki «Iftixor» — Özbekiston Yoşlar Ittifoqi homiyligidagi jamoa sanaladi. Boşqaçasiga aytganda — Ittifoqning milliy futboldagi yuzi. Endi — doğ tuşgan yuzi. Tursunboyning aytişiça, u jamoa bilan bir yillik şartnoma tuzgan, şartnoma böyiça har oy 1 million sömdan maoş olişi kerak, lekin yil boşidan beri faqat 800 ming söm olgan.
Körinib turibdiki, Yoşlar Ittifoqining jamoasida nafaqat maʼnaviy-axloqiy, balki moddiy-moliyaviy ahvol ham qoniqarsiz. Futbol özi oğirroq soha. Şu sabab Ittifoq homiylik, vasiylik qilgan boşqa sohalarda işlar beş, deb işongimiz keladi.
- 👍 2

