Google Markaziy Osiyodagi ofisini Özbekistonda oçişi mumkin
Google kompaniyasi Markaziy Osiyo böyiça ofisini Özbekistonda oçişi mumkin. Lekin buning uçun köplab IT mutaxassislariga talab paydo böladi. Xususan, data-IT mutaxassislari, dasturlovçi va serverga xizmat körsatuvçi kadrlarga ehtiyoj oşişi mumkin.
Şu tufayli, kompaniya Özbekistonda IT sohasini yanada rivojlantiriş va dasturlaş böyiça bilimlarni ommalaştiriş maqsadida qiymati 3,5 million dollar artofida bölgan maxsus Google coding content öquv dasturini Özbekistonga bepul taqdim etdi.
«Endilikda oldimizda turgan vazifa aniq va sodda: qölga kiritilgan imkoniyatdan foydalanib, dasturlaş tillari va kodlarni tezroq özlaştirişimiz lozim. Buning uçun taʼlim sohasiga öziga xos yeçimni taqdim etyapmiz, yaʼni QBox qurilmasi yordamida maktablarda lokal internet hozirlab, Google coding content axborotlarini unga kiritamiz», deydi Innovatsion rivojlaniş vazirligining boşqarma boşliği Bekzod Hamzayev Kun.uz naşriga.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👎 6



