Denovda vafot etgan bemorda koronavirus tasdiqlandi
⚡️Yigirmançi ölim: Denovda vafot etgan bemorda koronavirus tasdiqlandi
Surxondaryo viloyati Denov şahrida vafot etgan bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.
Maʼlum bölişiça, Denov şahrida yaşagan, 1961-yilda tuğilgan marhum bemor B.X. (ayol) sönggi 5 yildan buyon ikki tomonlama öpkaning ötkir bronxopnevmoniyasi taşxisi bilan davolanib kelgan. Şu yilning 19-iyun kuni bemor murojaatiga köra, olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam maşinasida tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.
Şifoxonada bemorga “Ikki tomonlama ötkir bronxopnevmoniya. Ötkir yurak va öpka yetişmovçiligi oğir darajasi, koronavirus infeksiyasiga gumon” taşxisi qöyilgan. Bundan taşqari, bemorda “Öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali piyelonefrit, kamqonlikning örta oğir darajasi” yondoş kasalliklar taşxisi ham qöyilgan.
Bemorga körsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimatsion muolajalarga qaramasdan u yurak-qon tomir va öpka yetişmovçiligidan vafot etgan.
Respublika sanitariya-epidemilogik osoyiştaligi agentligining maxsus referens laboratoriyasi xulosasiga köra, marhumdan olingan namunada koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. U bilan muloqotda bölgan oila aʼzolari, yaqinlari va boşqa fuqarolar qatʼiy karantinga olingan bölib, uşbu holat yuzasidan epidemiologik suruştiruv işlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

