Buxorodagi avtobus portlaşi tafsilotlari oçiqlandi

Matn18-sentabr, 2018, 15:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Buxorodagi avtobusda paxta terimçilari emas, balki makkajöxori sötasini olişga ketayotgan işçilar bölgan

Buxorodagi avtobus fojiasi böyiça qöşimça maʼlumotlar aniqlandi.

👉 Fojiada vafot etgan hamda jarohat olganlar 26 nafar fuqarolarning röyxati eʼlon qilindi.

👉 Ayrim mustaqil manbalar xabar tarqatganidek, uşbu avtobusda paxta terimçilari bölgan, degan gap öz isbotini topmadi. Aniqlanişiça, Qorovulbozor tumanidagi “Raxmon Axmad” fermer xöjaligi raisi R.Axmedov Vobkent tumani “Puşmon” MFY, “Xayrabodça” qişloğida yaşovçi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş uçun taşkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan fermer xöjaligida ekilgan makkajöxori sötasini oliş uçun Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda uşbu hodisa sodir bölgan.

👉 “Vobkent Gulşani” MÇJga tegişli bölgan, ISUZU rusumli 80 Y 120 KA davlat belgili avtobus Kogon tumanidagi “ZELICH OIL GAZ” metan gaz quyiş şoxobçasidan yoqilği quyib, taxminan 700 metr masofa yurgandan söng avtoulov gaz baloni portlagan.

👉 2018-yilning ötgan davrida “ZELICH OIL GAZ” metan gaz quyiş şoxobçasida avtotransport vositalariga gaz quyilganidan söng sodir etilgan şu kabi baxtsiz hodisalar soni 2tani taşkil qilib, bugungi holat uçinçisi hisoblanadi. Jumladan, 2018-yil 2-fevral kuni xuddi şu gaz zapravkadan gaz quygan "Matiz" portlab ketib, eru xotin vafot etgan bölsa, 2018-yil 26-avgust kuni gaz quyib, öttiz kilometrça masofada yöl bosib, avtomaşinani özi yaşaydigan uy oldiga keltirib qöyganidan söng portlab ketgan. Uşbu jarayonda biror kişi jarohat olmagan.

👉 “Zelich oil” metan gaz quyiş şoxobçasida avtomobillarga yoqilği quyiş normalariga rioya qilinişi ahvolini örganiş borasida, mutaxassislar jalb qilinib, örganişlar olib borilmoqda.

👉 Vafot etganlarning oilasiga 10 mln. sömdan, oğir tan jarohati olganlarga 5 mln. sömdan va qolgan jarohatlanganlarga 2 mln. sömdan moddiy yordam pullari ajratib berildi.

👉 Bugungi fojia yuzasidan 18.09.2018-yilda viloyat IIB TB tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB TB zimmasiga yuklatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 😢 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing