Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Zakovat finali

Video22-iyun, 2022, 11:232 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Bugun “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalar jamoasi o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining Respublika final bahsi bo’lib o’tmoqda.

Turnir dastlab mahallalar o’rtasida, so’ngra 4 ta sektor, keyin tuman/shahar miqyosida, unda so’ng Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida bo’lib o’tdi.

Turnirda butun Respublika bo’ylab mahallalardan jami 725 ming nafardan ziyod aholi qatnashdi.

Respublika final bahsida esa 14 ta hududda dastlabki uchta o’rinni olgan jami 42 ta jamoa g’oliblik uchun kurashmoqda.

G’olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o’rin: 100 mln so’m
2-o’rin: 60 mln so’m
3-o’rin: 40 mln so’m

Sizningcha, qaysi viloyat mahallasi chempion bo’ladi? Izohlarda fikringizni kutamiz.

👇
🔘@xushnudbekuz

  • 👍 471
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek