Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi

Matn11-noyabr, 2021, 11:182 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzБехзод Мусаев номзоди Соғлиқни сақлаш вазири лавозимига маъқулланди 2021 йил 11 ноябрь куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.…

Maʼlumot uçun: Behzod Musayev bugungi kunga qadar Boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi va aynan soğliqni saqlaş sohasiga ham masʼul edi. Musayev uşbu lavozimga 2020-yil may oyida, aniqroği ayni koronavirus pandemiyasi yurtimizda avj olayotgan oğir bir paytda tayinlangandi. Şu sababli garçi u taʼlim, yoşlar, mahalla yönalişlariga ham javobgar bölsa-da, ammo aynan soğliqni saqlaş sohasiga köproq eʼtibor qaratişga majbur böldi va tibbiyot yönalişida katta tajriba töpladi. Ötgan yili birgalikda bir neçta loyihalarni amalga oşirgandik. Masalan, Kovid-markazlarida tibbiyot xodimlariga bölgan talab keskin oşib ketgani uçun 10 mln sömdan 25 mln sömgaça haq evaziga köngilli şifokorlarni jalb qiliş aksiyasi boşlangandi. Öşanda Behzod Musayev bilan kelişib, kanalimiz orqali maxsus anketa eʼlon qilgandik va minglab köngilli tibbiyot xodimlarini jalb qilişga erişgandik.

Behzod Musayev yaxşi menejer, adekvat iş boşqaruvçi. Ayniqsa şu 1 yarim yil içida taʼlim sohasida Davlat qabul komissiyasi bilan boğliq köp masalalarda örinli taklif va tanqidlarimizni töğri qabul qilib, köp narsalarni özgartirişga yordam bergandi. Balki şuning uçundir uning eng oğriqli sohalardan biriga tayinlanişi ham bejizga bölmasa kerak. Soğliqni saqlaş vazirligiga hozir mana şunaqa zör menejer kerak. Yöqsa, bu soha yaqin yillarda heç qanaqa yaxşi tomonga özgarmay qolib ketaveradi.

Tibbiyot xodimlari uçun xursandman. Ammo birgina xavotirim — taʼlim sohasi endi nima bölarkin? Musayev örniga ijtimoiy yönaliş böyiça kim Boş vazir örinbosari böladi? Işqilib, zamonaviy va keng dunyoqaraşga ega kimdir kelsin-da.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek