AOKA rahbariyati özgargani eʼlon qilindi
Manba:Rasmiy axborot
RASMIY XABAR
Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi Rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boşçiligida kengaytirilgan majlis bölib ötdi.
Majlisda AOKA direktori v.b. K.Allamjonov va direktor örinbosari S.Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettiriş rejalari bilan boğliq murojaatlarini Prezident Administratsiyasiga kiritişgani va Prezident Administratsiyasi tomonidan uşbu murojaatlari körib çiqilib, qondirilgani haqida eʼlon qilindi.
Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. K.Allamjonov va direktor örinbosari S.Mirziyoyeva öz rahbarlik faoliyati davomida amalga oşirgan işlari haqida qisqa hisobot berib, şuningdek, kelajakdagi jamoatçilik yönalişi bilan boğliq rejalari borasida fikr bildirişdi.
Majlis yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erişilgan yutuqlarni alohida taʼkidlab, K.Allamjonov va S.Mirziyoyevalarning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oşirişda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilişda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan özaro munosabatlari samaradorligini oşirişdagi şaxsiy hissalarini yuqori baholab, Özbekiston davlati rivojlanişi yölidagi kelgusi işlariga zafarlar tiladi.

