Aleksey Matveyev Uzbekistan GTL zavodi ahamiyati haqida
«Aviakerosin qimmatligi uçun Toşkentga emas, Çimkentga qönganmiz» — Aleksey Matveyev
Uzbekistan GTL zavodi oçilişida xorijiy hamkorlar ham sözga çiqdi. Jumladan, “Gazprombank” boşqaruvi raisi örinbosari Aleksey Matveyev öz boşidan ötgan voqeani gapirib berdi.
— Uşbu zavod ahamiyati haqida köp gapiriş mumkin. Xususan, zavod işga tuşişi natijasida aviakerosin narxi sezilarli arzonlaşi kutilmoqda. Hozir heç kimga sir emas, Özbekistonda aviakerosin muammosi bor. Birgina misol, özim ham şu muammoga duç kelganman. Bir safar uzoqroq parvozni amalga oşirayotgandik, Moskvagaça qönmasdan, uzluksiz uçişning iloji yöq edi. Örtada yoqilği quyiş uçun qayergadir töxtaşimiz kerak böldi.
Qarasam, biz Çimkentga qöndik. Albatta, Çimkentni yerga uriş niyatim yöq, ammo har tomonlama Toşkentga qöniş yaxşiroq edi, deb öyladim. Çunki katta şahar, turli favqulodda vaziyatlarda infratuzilma yaxşiroq, samolyot bilan biror nosozlik yuzaga kelsa, taʼmirlaş imkoni yuqori, xalqaro reyslarga qulay va h.k. Ammo nega Toşkentga emas, Çimkentga qöndik, deb sörasam, javob oddiy bölgan: «Çunki Toşkentda aviakerosin qimmat!».
Bu bittagina misol xolos, bunaqa voqealar yana köp bölganiga işonaman. Uzbekistan GTL zavodi esa şu kabi muammolarni bartarafga etişga yordam berişiga işonaman, — dedi Aleksey Matveyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4



