2018-yilda özbekistonliklarga berilgan Şengen vizalari

Matn8-may, 2019, 21:352 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​2018-yilda neça nafar özbekistonlikka Şengen vizasi berilgan?

Bugungi kunda Green Card muhokamalar markazida bölib turgan bir paytda, Yevropa ittifoqi davlatlariga çiqiş uçun beriladigan Şengen vizasi töğrisida ham eslab ötmoqçimiz. Aniqroği 2018-yilda neça nafar özbekistonliklar uşbu vizani oliş uçun ariza bergani, ularning neçtasiga ijobiy, neçtasiga salbiy javob qaytarilgani haqidagi maʼlumotlar bilan örtoqlaşmoqçiman.

Demak, SchengenVisaInfo.com portali bergan maʼlumotga köra, Şengen vizasini oliş uçun 2018-yilda jami 30 ming 799 nafar özbekistonliklar ariza topşirgan. Ularning 26 ming 537 nafariga viza urib berilgan. 4,067 nafariga esa turli sabablarga köra rad javobi berilgan.

Davlatlar kesimida statistikalar quyidagiça:

Germaniya
10 302
kişi topşirgan
9 033 kişi viza olgan
1 269 kişiga (12,3%) rad qilingan

Fransiya
5 383
kişi topşirgan
4 507 kişi viza olgan
731 kişiga (13,6%) rad qilingan

Latviya
4 946
kişi topşirgan
4 404 kişi viza olgan
492 kişiga (9,9%) rad qilingan

Italiya
3 105
kişi topşirgan
2 905 kişi viza olgan
200 kişiga (6,4%) rad qilingan

Çexiya
2 958
kişi topşirgan
2 382 kişi viza olgan
576 kişiga (19,5%) rad qilingan

Polşa
2 445
kişi topşirgan
2 069 kişi viza olgan
376 kişiga (15,4%) rad qilingan

Vengriya
1 351
kişi topşirgan
953 kişi viza olgan
398 kişiga (29,5%) rad qilingan

Slovakiya
309
kişi topşirgan
284 kişi viza olgan
25 kişiga (8,1%) rad qilingan

Ana şunaqa gaplar...

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek