Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Ziroat Mirziyoyeva «Falastinda tinçlik uçun birgalikda» sammitida qatnaşdi

Albom16-noyabr, 2023, 00:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Respublikasining Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Respublikasining Birinçi xonimi Emine Erdoğanning taklifiga binoan 15-noyabr kuni davlat va hukumat rahbarlari rafiqalari iştirokidagi "Falastinda tinçlik uçun birgalikda" sammitida qatnaşdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Uçraşuv Ğazodagi tinç aholining azob-uqubatlariga çek qöyiş va Falastin-Isroil nizosiga yeçim topiş yölida qatʼiy birdamlikni namoyiş etiş maqsadida taşkil etildi.

Falastin diyorida yuz berayotgan dahşatli voqealarga tomoşabin bölib, jim qarab tura olmaymiz, - dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Şuningdek, Özbekistonning birinçi xonimi Ğazoda bir oydan ortiq vaqt davom etayotgan,  ming-minglab insonlar, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bölayotgan dahşatli voqealarni heç narsa bilan oqlab bölmasligini qayd etdi va har ikki tomonni ham zudlik bilan öt oçiş va jangovar harakatlarni töxtatişga çaqirdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek