Zakovat intellektual klubi hududiy turnirlarni davom ettiradi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0Manba:Zakovat intellektual klubi

❗️Diqqat, diqqat!
Hurmatli bilimdonlar!
Qisqa tanaffusdan soʻng, “Zakovat” intellektual klubi hududlarga qiladigan safarlarini yana davom ettirishni boshlaydi!
Vaʼda qilinganidek, dastlabki manzilimiz Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari boʻladi. Ko'plab talab va istaklarni inobatga olib, boshqa hududlarda ham turnirlarimiz tezlashtirilgan tartibda oʻtkaziladi. Tez orada turnirlarning oʻtkazilish muddatlari, joylari va boshqa shartlari haqida qoʻshimcha maʼlum qilamiz.
Eslatib oʻtamiz, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun roʻyxatga olish davom etmoqda hamda ertaga, 26-may soat 18:00 da yakunlanadi.
Hali roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan boʻlsangiz, unda www.zakovat.tv sayti orqali yoki 6 kishilik jamoangiz bilan, yoki yakka tartibda ariza yuboring.
Bilimingiz sinang, gʻolib boʻling va 100 mln soʻm sovrinni qoʻlga kiriting!
Kanalga ulanish:
➖ @zakovat





