Fikr
Yurtimizda hamma joyda elektr bor, çaroğonligidan xalqning közi qamaşyapti
Matn25-noyabr, 2020, 20:451 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAOKA direktori tahririyatni noxolislikda ayblab, «jiddiy huquqiy oqibatlar»dan ogohlantirdi. Kun.uz buni bosim ötkaziş deb hisoblaydi.Yurtimizda hamma joyda elektr bor, çaroğonligidan xalqning közi qamaşyapti. Har bir xonadonda gaz ham bor, lovullaganidan uddalay olmayapmiz. Sal pasaytirişsa ham bölardi, odam xavotir oladi bunçalik kuçli bosimdan.
Bizda hammasi yaxşi, hammasi zör. Muammolar yöq. Umuman yöq. Muammo sözi Özbekiston uçun begona. Menimça tilşunoslarimiz bu sözni luğatlardan öçiriş haqida jiddiy öylab körişsa bölardi. Axir yöq narsa uçun ortiqça bitta söz nimaga kerak, töğrimi?
Xudoga şukr, behisob şukr. Muammolarsiz davrlarga ham yetib keldik, mana. Rahmat sizlarga. Osmonimiz doim musaffo bölsin.
👉 @xushnudbek 👈


