Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston çetdan gaz sotib olyapti

Video7-dekabr, 2022, 18:373 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston çetdan gaz sotib olyapti. Hozirgi energotizim holati taşqi taʼsirlar natijasida sunʼiy yaratilyaptimi?

Boş vazir örinbosari, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov bu savolga javob berar ekan, hozirgi holat içki isteʼmolning keskin oşişi natijasida yuzaga kelgani, bunga taşqi taʼsirlarning aloqasi yöqligini maʼlum qildi.

Özbekiston Xitoyga gaz eksport qilişni töxtatgan, aksinça aholiga gaz yetkazib beriş maqsadida çetdan gaz sotib olyapti va yana köproq sotib oliş rejasi bor.

Ammo Özbekiston qöşni davlatlardan energoresurslarni “allaqanday alyans yoki ittifoq” doirasida emas, import şartnomalari orqali sotib oliş böyiça muzokaralar ötkazmoqda, dedi energetika vaziri.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek