Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Yangi yil bayramida neça kun dam olinadi?

Matn23-dekabr, 2024, 15:302 daqiqa0 koʻrish

❓Yangi yil bayramida neça kun dam olinadi?

✅ Qisqa javob: hozirça 4 kuni aniq, lekin yana özgarişi mumkin.

📋 Batafsil javob: har yili qöşimça dam oliş kunlari oldindan maʼlum qilinadi. 2024-yil uçun Prezident farmoni mavjud, ammo hali 2025-yilgi dam oliş kunlari haqida farmon çiqmadi. Şu sababli ham Yangi yil bayramidagi dam oliş kunlari hozirça töliq maʼlum emas, sababi yil boşida taqvim qanaqa bölişini bilmaymiz.

Ammo yil oxirida qanday bölişi maʼlum:

❌✅ 28-dekabr (şanba) — 6 kunliklar uçun iş kuni, 5 kunliklar uçun dam oliş kuni;

✅ 29-dekabr (yakşanba) — barça uçun odatiy dam oliş kuni;

✅ 30-dekabr (duşanba) — 6 kunliklar uçun qöşimça dam oliş kuni, 5 kunliklar uçun 14-dekabr (şanba) kunidan köçirilgan dam oliş kuni;

✅ 31-dekabr (seşanba) — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;

✅ 1-yanvar (çorşanba) — Yangi yil bayrami.

Bundan kelib çiqadiki, hozirça olti kunlik iş haftasidagi xodimlar uçun ketma-ket 4 kun, beş kunlik iş haftasidagi xodimlar uçun ketma-ket 5 kun dam oliş kuni böladi.

Ammo 2025-yil uçun çiqişi kutilayotgan farmonda yil boşida yana qöşimça dam oliş kunlari eʼlon qilinişi ham mumkin. Masalan, 2-yanvarni dam oliş kuni deb eʼlon qilsa böladi (beş kunliklarga 4-yanvar, şanbadan köçirgan holda). Şunda olti kunliklar ketma-ket 5 kun, beş kunliklar ketma-ket 6 kun dam olişi mumkin böladi. 3 va 4 yanvar — barça uçun iş kuni böladi. Bu şunçaki variant xolos, rasmiy tasdiqlangan emas.

Balki yil boşi uçun heç qanaqa dam oliş kuni berilmas va barça 2-yanvardan işga çiqib ketişi ham mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek