Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Yangi darsliklarning öziga xosligi nimada?

Albom29-dekabr, 2022, 12:153 daqiqa0 koʻrish

Yangi darsliklarning öziga xosligi nimada?

1️⃣ Bugun Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklarining öquv-metodik komplekslar (ÖMK) asosini 4K tamoyili taşkil etadi:

Kritik (tanqidiy) fikrlaş;
Kollaboratsiya (jamoaviy işlaş);
Kreativlik (ijodkorlik);
Kommunikatsiya (muloqot könikmalari).

2️⃣ Uşbu darsliklar quruq maʼlumotlarni yodlatiş, yoki şunçaki öqiş/yozişni örgatiş bilan çeklanmaydi. Ular orqali öquvçilar nafaqat fanlarni, balki 21-asrda zarur bölgan hayotiy könikmalarni ham örganadi.

3️⃣ Şuningdek, darsliklar bolalarga öyin orqali taʼlim berişga ham moslaşgan. Yaʼni bolalar psixologiyasi hisobga olingan. Öquv-metodik komplekslar Android, iOS platformalarida ongni östiradigan öyinlar töplamiga ega.

4️⃣ Darslikdagi maʼlumotlar rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. U öquvçini zeriktirib qöymaydi, aksinça yanada qiziqtiradi.

5️⃣ 1-3 sinflar uçun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda işlab çiqilgan. Hozirgi bolalar zamonaviy texnologiyalarni bizdan yaxşiroq tuşunadi. Şu sababli gadjetlar orqali taʼlim oliş ularni yanada fanga qiziqtiradi;

6️⃣ Estudy elektron taʼlim platformasi işlab çiqilgan. U turli fanlardan olingan bilimlarni mustahkamlaş uçun 300 dan ziyod ongni oşiradigan öyinli vazifalarni öz içiga oladi. Platformadan darsda ham, böş vaqtda uyda ham foydalaniş mumkin.

7️⃣ Darsliklarni işlab çiqişda xalqaro dasturlar (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) talablari töliq inobatga olingan. Finlyandiyadagi nufuzli taʼlim kompaniyasi ekspertlari tomonidan tekşiruvdan ötkazilgan va sertifikat olingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek