Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Magistraturaga qabul diplom baliga qarab böladimi yoki sertifikat darajasiga?

Matn28-dekabr, 2022, 17:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Magistraturaga qabul diplom baliga qarab böladimi yoki sertifikat darajasiga?

Xabaringiz bölsa kerak, 20-dekabrdan 10-yanvarga qadar magistraturaga qişki qabul bölib ötadi. Bunda istisno tarzda til biliş sertifikati darajasi söralmaydigan böldi. Yaʼni qanday darajadagi sertifikat bölişidan qatʼi nazar, magistraturaga qabul qilinişi mumkin, ammo kelgusida toki bitirgungaça talab etilgan darajani olişi kerak, yöqsa magistrlik diplomi berilmaydi.

Aslida qonunçilikda talab etiladigan daraja:
➖ filologik yönalişlarga - S1;
➖ boşqa barça yönalişga - B2.

Şu örinda ayrim abituriyentlar “Magistraturaga qabul diplom baliga qarab böladimi yoki sertifikat darajasiga?” degan savolni berişdi. Bunga oydinlik kiritiş maqsadida Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi masʼullari bilan boğlandim.

Demak, vazirlik izohi quyidagiça böldi:

1️⃣ eng avvalo qonunçilikda belgilangan til sertifikati darajasi asosida diplomdagi özlaştiriş baliga qarab saralaş böladi;

2️⃣ undan söng, kvotada böş joylar mavjud bölsa, ana undan keyin belgilangan darajadan past bölgan sertifikatga ega abituriyentlar örtasida yana diplom baliga qarab saralanadi va qabul qilinadi.

Misol tariqasida quyidagi 4 nafar abituriyent nofilologik yönalişga topşirgan deylik:

Ali — diplom bali 82, sertifikat S1;
Nigora — 87, B2;
Vali — 80, B1;
Sabohat — 88, A2.

Bunda yakuniy natija quyidagiça böladi:

1. Nigora — 87, B2;
2. Ali — 82, S1.

Agar kvotada qöşimça örin bölsa, ana undan keyin talab etilgan B2 darajadan past bölgan sertifikat egalari saralanadi:

3. Sabohat — 88, A2;
4. Vali — 80, B1.

Körib turganingizdek, saralaşda diplom baliga qaralmoqda, sertifikat darajasiga emas. Ammo qonunçilikda talab etilgan sertifikat darajasiga ega bölganlar birinçi navbatda tavsiya etiladi. Kvotada böş joy ortib qolsa, şundan keyin istisno tarzida talabdan pastroq bölgan darajadagi sertifikat egalariga imkon beriladi.

Vazirlik masʼullarining taʼkidlaşiça, uşbu tartib qonunçilikda belgilangan darajadagi yuqori körsatkiçli til sertifikatiga ega abituriyentlarga nisbatan adolatli böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek