Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Yana bir firibgarlik haqida

Albom23-sentabr, 2022, 14:302 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Yana bir firibgarlik haqida. Eski usul, qurbonlar esa haliyam köp

Tekin narsa desa laqqa işonadigan sodda odamlarimiz, afsuski, haligaça köp. Bundan esa firibgarlar mazza qilişadi.

Mana bu sxema oddiy: nomaʼlum odam xat yozib, Click kompaniyasi (yoki mijozi köp boşqa istalgan kompaniya) aksiya ötkazyapti, ğolib böldingiz, sizga pul beramiz, pulni oliş uçun mana bu saytga kiring deydi.

Sayt esa soxta böladi, odamlar click-uz degan yozuvni körib işonadi, uni davomidagi .tk ni körmaydi.

Saytga kirib, plastik karta raqami, amal qiliş muddati, telefon nomerini kiritadi. Keyin kelgan SMSni ham yozadi. Qarabsizki, firibgarlar tezda plastikdagi barça pulni yeçib olişadi. Qöşimçasiga bankdan onlayn qarz olib, uni ham yeçib olişadi.

❗️UNUTMANG

Sizga pul ötkaziş uçun heç qaçon plastik kartaning amal qiliş muddati yoki SMS-kod kerak bölmaydi.

Kimdir yoki qaysidir sayt sizga pul ötkaziş uçun amal qiliş muddati va SMSni söradimi, bilingki, u firibgar!

Tekin pul topiş albatta yoqimli, ammo sal aqlni ham işlating.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek