Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Diqqat, firibgarlar: SolarCity, Tesco Share va boşqa şubhali loyihalardan ogohlantiriş

Matn6-noyabr, 2022, 18:232 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️DIQQAT, FIRIBGARLAR!
#firibgar

Sönggi paytlarda bir xil sxemadagi firibgarlar juda köpayib ketdi. Ular haqida avval ham bir neça bor ogohlantirgan edik.

Yana bir bor ogohlantiraman, mana bu firibgarlar nomini yaxşilab eslab qoling:

1. SolarCity
2. Tesco Share
3. Tether Gold
4. Supertask
5. Andibo
6. Oasis guruhi
7. HBCLOUD
8. Instpower
9. Leah
10. Shopbuild
11. AIS
12. Chergespot
13. Alken Wealth

Bularning hammasi muttahamlar. Işonib, pul tikib ötirmanglar. Sodda bölmang.

Hali bular menga maʼlum bölgani xolos. Yana allambalolari ham köp ekan.

Vaqt körsatyaptiki, yetarli pul töplagan firibgarlar kanallarini, guruhlarini va admin profillarini öçirişmoqda, sekin juftakni rostlayapti.

❓ Firibgarlarni qanday aniqlasa böladi?

Bunaqalar kelajakda yana köp çiqadi. Bittasini yopadiyu, keyingisini oçadi. Şunaqa payti falon firma işonçlimi, piston firma işonçlimi, deya ikkilanib ötirmasdan, quyidagi belgilarga qarab ajratib olsangiz böladi.

➖ Barçasi qanaqadir xorijiy kompaniya nomidan iş yuritadi;
➖ Sizga uyda ötirib, oson pul topişni vaʼda qiladi;
➖ Nimadir sotib oliş (quyoş paneli, mayning uçun uskuna va hk), investitsiya kiritiş yoki qanaqadir vazifa bajarişni söraşadi;
➖ şubhali saytlardan foydalanişadi.

‼️ Firibgarlarning eng katta belgisi: sizga plastik karta raqamini berib, pulni Payme yoki Click orqali kimningdir plastigiga taşlaşni söraşadi. Özlari ham xuddiki siz “işlab topgan” qançadir pulni kimningdir plastigidan sizga ötkazadi.

Unutmang, xorijiy kompaniyamiz deb, pulni qaysidir boşqa fuqaroning plastigiga taşlaşni sörasa, ular aniq firibgarlar! Işonib ötirmang.

Gaplarimga işonmaganlar esa vaqti kelib afsuslanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek