Öqişni köçirib beriş hamda öqişga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatlari foş etildi
Öqişni köçirib beriş hamda öqişga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatlari foş etildi
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqörğon tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro D.Yu. fuqaro I.K.ning qöşni Qirğiziston universitetidagi öqişini tanişlari orqali Özbekistondagi OTMlardan biriga köçirib berişini aytib, aldov yöli bilan 3 000 AQŞ dollari olganligi aniqlangan.
Departamentning Olot tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro M.T. fuqaro N.A.ning qizini tanişlari orqali qöşni Qozoğistondagi OTMga öqişga kiritib qöyiş evaziga 1 250 AQŞ dollarini hamda fuqaro A.B.ni Qozoğiston universitetidagi öqişini Özbekistondagi OTMlardan biriga köçirib berişini aytib 2 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Danğara tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.T. fuqaro Z.A.ning işonçiga kirib, göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Qöqon Tibbiyot kollejiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 500 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


