Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabga Prezident sovrini – 500 mln söm pul mukofoti topşirildi

Albom7-avgust, 2022, 10:272 daqiqa0 koʻrish

Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabga Prezident sovrini – 500 mln söm pul mukofoti topşirildi

Kuni keça Prezident sovrini uçun ötkazilgan “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovining Respublika bosqiçi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tanlovda ğolib bölgan maktablarga belgilangan pul mukofotlari topşirildi.

Unga köra:

1-örinni egallagan Toşkent şahri, Yunusobod tumanidagi 97- maktab jamoasi – 500 million söm;

2-örinni egallagan Buxoro viloyati, Buxoro şahridagi 40-maktab jamoasi – 400 million söm;

3-örinni egallagan Toşkent viloyati, Olmaliq şahridagi 5-maktab jamoasi – 300 million söm miqdoridagi pul mukofotiga ega böldi.

Şuningdek, tanlovning Respublika bosqiçida iştirok etgan 70 nafar öquvçi va ularning 14 nafar ustozlariga Buyuk Britaniya davlatiga taʼlim sayohatiga boriş uçun maxsus yöllanmalar hamda esdalik sovğalari topşirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek