Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boşlanadi
❗️Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boşlanadi
Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigaça tuğilgan bolalar qabul qilinadi.
2️⃣ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqiçda amalga oşiriladi:
1-bosqiç: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgaça);
2-bosqiç: mikro-hududdan taşqarida (1-15-avgust).
📲 Yuqoridagi röyxatda nomi keltirilgan 43 ta tuman (şahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron şaklda davlat xizmatlari orqali amalga oşiriladi.
Ota-onalar 20-iyundan boşlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali röyxatdan ötib, ariza topşirişlari mumkin.
📝 Qolgan tumanlarda anʼanaviy şaklda, yaʼni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan öquvçilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat qilib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈

