Vladimir Putin Özbekistonning «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi
Şavkat Mirziyoyevning farmoni asosida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Döstlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Rasmiy xabarda aytilişiça, mamlakatlarimiz xalqlari örtasidagi anʼanaviy döstlik va hamkorlik riştalarini rivojlantirişga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi hamda tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan Putinga uşbu mukofot berilgan.
Menimça esa, bu köproq sal avvalgi mukofotga javob sifatida berilgan bölsa kerak. Yaʼni joriy yil iyul oyida Şavkat Mirziyoyevning tuğilgan kuni arafasida Putin davlatimiz rahbarini Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlaş haqidagi farmonni imzolagandi.
Bugungi orden hozirça eng katta iqtisodiy hamkorimizga diplomatik “bor tovoğim, kel tovoğim” tarzida berilganga öxşaydi.
👉 @xushnudbek 👈


