Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Starlink yoki Uztelecom: Şerzod Şermatov nima degan edi?

Video6-oktabr, 2022, 14:054 daqiqa0 koʻrish

❓Starlink yoki Uztelecom: Şerzod Şermatov nima degan edi?

Keça Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov bilan suhbatda Ilon Maskning Starlink kompaniyasi hamda Uztelecom internet tezligi soliştirilgani muhokamalarga sabab böldi. Vazir aslida nima degan edi?

Uşbu soliştiruv boşlovçining 2022-yil 22-avgustdagi axborot texnologiyalar sohasiga oid Prezident qarori haqidagi savoliga javobda yangragan.

Jumladan, Şermatov nega taʼlimning muhimligi haqida şunday degan:

«Keyin yana qarorda taʼlim böyiça katta vazifa qöyildi. Ilgari vazirligimizda taʼlim bilan şuğullanadigan tuzilma yöq edi. Prezidentimiz alohida taʼlim böyiça kuçli jamoa tuziş böyiça topşiriq berdi.

Nega? Çunki kompleks yondoşsangiz, qonunçilikda IT-kompaniyalar hozir soliq böyiça eng yaxşi şaroitda.

Infrastrukturani ham amallab oldingidan yaxşiroq qilyapmiz. Masalan, ŞHT tadbirida ham jurnalistlar ham eʼtibor berdiku, ilgari bunaqa tadbirlarda 20 yoki 50 Mbit umumiy tezlik bersak, biz uçun katta iş bölardi. Hozir matbuot markazidagi bitta kompyuterga 1 Gbit/s tezlik berdik. Infrastrukturamizga şunça yil qilingan haraktimiz endi natija bera boşladi.

Hazillaşib aytişimiz ham mumkin, köpçilik söraydi — Ilon Maskning "Starlink"i bizga qaçon keladi, deb. Undan 4-5 baravar tez va arzon bölgan internetni hozir Uztelecom istalgan xonadonga olib borib berişi mumkin. "Starlink"ga oyiga 100 dollar yoki 500 dollar tölaş kerak. Bizda unaqa katta summa tölaş şartmas, undan arzon tölasa bemalol ulaniş mumkin. Yaʼni şunaqa imkoniyat mavjud.

Bular mayli, lekin bizda eng qiyin bölgan masalamiz — taʼlim. Sobiq xalq taʼlimi vaziri sifatida ayta olaman, har yili bizda 650-700 ming öquvçi bitirdi deylik, lekin afsuski ularning katta qismi xorijga autsorsga işlayotgani yöq. Bizning oldimizda turgan eng dolzarb vazifamiz, taʼlimni kuçaytirib, yoşlarni çet tiliga öqitiş, IT va BPOga tayyorlaş. Mana şu qarorda şu vazifalar ham belgilab berilgan».

Xulosa özingizdan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek