Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida rahbar xodimlar (rahbar, uning örinbosarlari
Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida rahbar xodimlar (rahbar, uning örinbosarlari
va maslahatçilari, yordamçisi, departament, boşqarma, bölim boşliqlari va örinbosarlari) va ijroçilar (mutaxassislar) nisbati markaziy apparat böyiça kamida 1/3 nisbatda (33/67 foiz) bölişi belgilandi.
ℹ️ Amalda: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida rahbar va ijroçi xodimlar nisbati 44/56 foizni yoki Energetika vazirligida 41/59 foizni taşkil qilmoqda.
***
Vazirlik va idoralarning hududiy bölinmalarida rahbar xodimlar (boşqarma, bölim hamda şöba boşliqlari va örinbosarlari) va ijroçilar nisbati hududiy bölinma böyiça kamida 1/3 nisbatda (33/67 foiz) böladi.
ℹ️ Amalda: Madaniyat vazirligining tuman (şahar) bölinmalarida rahbar va ijroçi xodimlar nisbati 63/37 foizni taşkil qilmoqda.
***
Baʼzi taşkilotlarda holat şu darajaga kelib qoldiki, har bir işçiga salkam bittadan rahbar töğri keldi. Iş qiladigandan, buyruq beradigan köp.
Bu samaradorlikka salbiy taʼsir qilmasdan qolmadi, albatta.
Endilikda rahbar xodimlar va mutaxassislarning qatʼiy nisbati belgilab qöyilmoqda. Rahbarlar sonini bundan oşirişga yöl qöyilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

