7 soatlik öta qiyin partiyada Abdusattorov durangga erişdi
7 soatlik öta qiyin partiyada Abdusattorov durangga erişdi
Keça Tata Steel Chess-2023 turnirining 9-turi ötkazildi. Masters guruhi peşqadami bölib yurgan 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalining oxirgi örinida borayotgan 🇩🇪Vinsent Keymer bilan kuç sinaşdi. Aytiş joiz, öyin xatolarga boy böldi, ikkala şaxmatçi ham partiya davomida bir neçta öta qöpol xatolarga yöl qöydi.
Ayniqsa, Nodirbek bir neça vaziyatda 100%lik mağlubiyat holatiga tuşib qoldi. Ammo quvonarlisi Keymer bunday imkoniyatdan foydalana olmadi. 7 soat davom etgan partiyada 89-yurişdan keyin tomonlar durangga rozi böldi.
Uşbu natijadan söng, Nodirbek 6,5 oçko bilan turnir peşqadamligini özida saqlab qoldi. Uning yaqin taʼqibçisi 🇳🇱Aniş Girida 6 oçko bor.
Bugun Abdusattorov dunyo şaxmat reytingida 2-örinda borayotgan 🇨🇳Ding Lirenga qarşi dona suradi.
👉 @xushnudbek 👈


