Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarşi

Video24-iyun, 2023, 12:004 daqiqa0 koʻrish

❗️“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarşi. Asosiy maʼlumotlar:

Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan söng boşlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangçilari joylaşgan lagerlarga zarba berişda aybladi. Uning sözlariga köra, zarba oqibatida köplab “Vagner” jangçilari halok bölgan. Şundan söng Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligiga qarşi uruş oçib, Mudofaa vaziri Sergey Şoygu va uning birinçi örinbosari Valeriy Gerasimovni “Vagner”ga topşirişlarini talab qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy antiterror qömitasi va Federal xavfsizlik xizmati ketma-ket bayonotlari bilan çiqib, XHK tomon zarba berilgani haqiqatga töğri kelmasligini aytişdi. Prigojinga nisbatan davlat töntarişi ayblovi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Voqealar fonida Rossiyaning turli viloyatlari, xususan poytaxt Moskva va uning viloyatida xavfsizlik çoralari kuçaytirilib, barça muhim obyektlar qöriqlanmoqda.

Sönggi maʼlumotlarga köra, Prigojin qöl ostidagi “Vagner” XHK ayni paytda Rostov viloyatining katta qismini öz nazoratiga olgan. Xususan, yuqoridagi videodan körinadiki, Prigojin Rostovdagi harbiy okrugda Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Yevkurov va Boş ştab boşliği örinbosari Alekseyev bilan gaplaşgan hamda Şoygu va Gerasimov ularga topşirilmasa, Moskva tomon yuriş qilişini bildirgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek