Muhim

«Vagner» XHK Moskvaga yurişini töxtatib, ortga qaytmoqda

Matn24-iyun, 2023, 23:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️“Vagner” XHK Moskvaga yurişini töxtatib, ortga qaytmoqda

Yevgeniy Prigojin tomonidan eʼlon qilingan 1 daqiqalik audioxabarda şunday deyiladi:

““Vagner” XHKni tarqatib yubormoqçi bölişdi. Biz 23-iyun kuni “Adolat marşi”ga çiqdik. Bir sutkada biz Moskvaga ostonasiga 200 kilometr masofa qolgungaça bölgan yölni bosib ötdik. Bu vaqt içida jangçilarimizdan bir tomçi ham qon tökilgani yöq.

Endi rus qoni tökilişi mumkin bölgan fursat yetib keldi. Şu sababli, qon tökiliş xavfi yuzaga kelgani uçun, barça masʼuliyatni tuşungan holda, biz kolonnamizni ortga buramiz hamda rejamiz böyiça qarama-qarşi yönalişda dala lagerlari tomon jönab ketamiz”, — dedi Prigojin.

Avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Putin bilan kelişgan holda kun davomida Prigojin bilan muzokaralar olib borgani maʼlum qilindi. Belarus Prezidentining matbuot xizmati maʼlum qilişiça, Prigojin tinçlik sulhiga rozi bölgan. Ammo rasmiy xabarda sulh şartlari oçiqlanmagan.

Ayrim naşrlar öz manbalariga tayanib xabar berişiça, Lukaşenko bergan taklifga köra, Rossiya mudofaa vaziri işdan olinadi, Yevgeniy Prigojin va “Vagner” jangçilariga esa töliq xavfsizlik kafolati beriladi hamda ular asosiy eʼtiborini Afrikadagi loyihalarga qaratadi. Ammo hozirça bu xabarlar rasman tasdiqlanmadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek