Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

UzIMEI arizalarni Face-ID orqali qabul qilişni boşladi

Albom9-noyabr, 2023, 20:013 daqiqa0 koʻrish

UzIMEI arizalarni Face-ID orqali qabul qilişni boşladi

Agar siz yangi telefoningizning IMEI kodini röyxatdan ötkaziş uçun ariza bermoqçi bölsangiz, endilikda yuz qiyofangiz orqali şaxsingizni tasdiqlaşingiz kerak böladi. Sinab kördim, identifikatsiya jarayonlari bir pasda böldi, köp vaqt olmadi. Lekin imlo xatolari köp.

Agar tizim sayti orqali ariza bermoqçi bölsangiz, kompyuterda ham kamera örnatilgan bölişi talab etiladi, yöqsa xatolik çiqadi (xatolik matni rus tilida çiqyapti).

Bundan taşqari qiziq tomoni my.gov.uz Yagona portali hamda *1170# USSD-kod orqali ariza bersa, Face-ID söramayapti. Unaqada tekşirişning nima maʼnosi qoladi, baribir tizimda teşik mavjud bölsa? Bilmadim, bunga ham biror yeçim öylaşgandir, lekin hozir kulgili vaziyat.

Aytgança, ötgan safargi tanqidlardan söng, tizim sayti orqali ariza berganda bir paytda 2 ta IMEI-kod röyxatdan ötkaziş imkoniyatini oçib qöyişibdi. Şunça payt nega buni hisobga olişmagan, hayronman. Ha, mayli, heçdan köra keç.

Şuningdek, UzIMEI tizimida ham rus tili hukmronlik qilmoqda. Masalan, saytda ham birinçi rus tili turibdi, USSD-kod orqali ham rus tilini tanlaş uçun 1 ni, özbek tilini tanlaş uçun 2 ni bosiş kerak. Yaʼni ularda rus tili birinçi raqamli til. Özbekistonda yaşayapsizlar, noinsoflar, Rossiyada emas!

Avvalroq mobil raqamni saqlagan holda operator almaştiriş tizimi (MNP) ham töliq rus tilida ekanligini yozgan edim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek