Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Özbek futboli xalqaro maydonlarda: quvonçli va alamli natijalar

Albom7-oktabr, 2022, 11:222 daqiqa0 koʻrish

Özbek futboli xalqaro maydonlarda: quvonçli va alamli natijalar

Şu kunlarda Özbekiston terma jamoalari xalqaro maydonlardagi bir neçta turnirlarda iştirok etmoqda. Ular haqida qisqaça:

⚽️ Eng matonatli va sovrindor sportçilarimiz – Özbekiston amputantlar terma jamoasi Istanbul şahrida ötayotgan jahon çempionatining yarim finaliga çiqişdi. Ular çorak finalda Italiyani 5:1 hisobida mağlub etişdi. Hamyurtlarimiz bugun soat 22:00-da musobaqa mezbonlari Turkiyaga qarşi final yöllanmasi uçun kuraşişadi.

Maʼlumot uçun: Özbekiston amputantlar terma jamoasi bunga qadar 3 karra jahon çempioni bölişgan.

⚽️ Kuvaytda ötayotgan futzal böyiça Osiyo kubogining yarim finalida Özbekiston futzal terma jamoasi Yaponiyaga alamli tarzda mağlub bölişdi. Dastlab hisobda oldinda borayotgan yigitlarimiz keyinçalik 2 ta töp ötkazib yuborişdi va yakunda hisob 2:1 – Yaponiya foydasiga. Öyin dahşat böldi lekin, yigitlarimizga rahmat. Endi futzalçilarimiz ertaga, 8-oktabr kuni soat 19:00-da 3-örin uçun bahsda Tailandga qarşi kuraşadi.

⚽️ Özbekiston U17 terma jamoasi Osiyo kubogi saralaşida qatnaşmoqda. «J» guruhidagi dastlabki bahsda ösmirlarimiz Bruney terma jamoasini 14:0 hisobida mağlub etişdi. Yigitlarimiz bugun soat 18:00-da Toşkentdagi “Jar” stadionida Janubiy Koreyaga qarşi maydonga çiqişadi.

Uçala terma jamoamizga ham omadlar tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek