Diplomatiya

Ukraina 30 kunga öt oçişni töxtatişga rozi böldi

Foto12-mart, 2025, 12:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇦 Ukraina 30 kunga öt oçişni töxtatişga rozi böldi

Keça, 11-mart kuni 🇸🇦Saudiya Arabistonining Jidda şahrida 🇺🇸AQŞ va 🇺🇦Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari yakunlandi. Unda quyidagilarga kelişib olindi:

🔹 Ukraina 30 kunga öt oçişni töxtatişga rozi böladi. Rossiya ham rozi bölsa, kelişuv darhol kuçga kiradi. Şuningdek, tomonlarning xohişiga köra, uning muddati yana uzaytirilişi mumkin;

🔹 Rossiya va Ukraina özaro asirlarni almaşadi, tinç aholidan bölgan mahbuslarni ozod qiladi. Şuningdek, majburan köçirilgan ukrainalik bolalar ortga qaytariladi;

🔹 AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni qayta tiklaydi, uni razvedka maʼlumotlari bilan taʼminlaş böyiça örnatilgan pauzani bekor qiladi;

🔹 Ukraina imkon qadar tezroq AQŞ bilan nodir yerosti boyliklarini özlaştiriş böyiça keng qamrovli kelişuvni imzolaydi.

Endi Qöşma Ştatlar uşbu takliflarni Rossiya vakillari bilan muhokama qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek