Tramp — Zelenskiy uçraşuvi: nimalar maʼlum?
Tramp — Zelenskiy uçraşuvi: nimalar maʼlum?
➖ 18-avgust kuni Oq uyda Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy örtasida uçraşuv bölib ötdi. Şundan söng NATO boş kotibi Mark Ryutte, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen, şuningdek, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Finlyandiya yetakçilari bilan ham uçraşuv bölib ötdi.
➖ Tramp va Zelenskiyning uçraşuvi fevral oyidagiga nisbatan ançayin yaxşi kayfiyatda ötdi. Tramp Yevropa yetakçilari qarşisida Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berilişini taʼkidlab, bunda Yevropa asosiy yukni öz yelkasiga olişi kerakligi, biroq AQŞ ham unda iştirok etişini aytdi.
➖ Ukraina prezidenti Trampning xavfsizlik kafolatlari haqidagi vaʼdasini olqişladi. Germaniya kansleri Fridrix Mers har qanday muzokaralardan oldin öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş kerakligini taʼkidladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham bu taklifni qöllab-quvvatladi.
➖ yaqin orada Vengriyada Putin va Zelenskiy örtasida uçraşuv bölişi mumkin. Germaniya kansleri Fridrix Mers bu uçraşuv yaqin ikki hafta içida, avgust oyi oxiriga qadar bölişini aytdi.
➖ Yevropa davlatlari rahbarlari Ukrainaga beriladigan xavfsizlik kafolatlari "5-modda" kelişuviga öxşaş bölişi kerakligini taklif qildi. Uşbu kelişuvga köra, garçi unga qöşilgan mamlakatlar NATOga aʼzo bölmasa ham tomonlardan biriga taşqi hujum sodir etilganda, bu hujum barça aʼzolarga qarşi qilingan, deb hisoblanadi.
➖ Aksariyat Yevropa davlatlari tinçlik sulhi tuzilganda, tinçlik kafolati sifatida öz qöşinlarini Ukrainaga yuborişga rozi. AQŞ askarlar yubormaydi, lekin qurol-yaroğ va harbiy texnikadan yordam beradi.


