Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Turmuş örtoğining kontrakt tölovini tölaganda daromad soliği tölamasligi aytilgandi, şu tartib kuçga kirganmi?

Matn17-noyabr, 2022, 13:171 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❓Turmuş örtoğining kontrakt tölovini tölaganda daromad soliği tölamasligi aytilgandi, şu tartib kuçga kirganmi?

✅ JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuçga kirgan.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga köra soliq tölovçining:
➖ professional taʼlim taşkilotlarida;
➖ oliy taʼlim taşkilotlarida taʼlim oliş uçun tölovga yönaltiriladigan, soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlariga soliq solinmaydi.

✅ Bu imtiyoz soliq tölovçi:
➖ özi uçun;
➖ 26 yoşga tölmagan farzandlari uçun;
➖ 26 yoşga tölmagan turmuş örtoği (eri yoki xotini) uçun kontrakt tölovlarini amalga oşirgan summasiga qöllaniladi.

✅ Mazkur imtiyoz soliq tölovçining professional va oliy taʼlim taşkilotlarida öqiş uçun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplaşga yönaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qöllaniladi.

❌ Bu imtiyoz soliq tölovçining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uçun qöllanilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek