Rasman

Turizm infratuzilmasini yanada takomillaştirişga oid prezident qarori qabul qilindi

Hujjat29-iyul, 2023, 11:001 daqiqa0 koʻrish

ПҚ-238.pdf

PDF · 8,7 MB

Yuklab olish

Turizm infratuzilmasini yanada takomillaştirişga oid prezident qarori qabul qilindi

✅ Unga köra, 2024-yil 1-yanvardan boşlab:

➖ turoperatorlar turistik oqim past bölgan xorijiy mamlakatlardan olib kelingan har bir turist uçun 20 dollardan 100 dollargaça rağbatlantiruvçi subsidiyalar ajratiladi;

➖ turoperatorlar va aviataşuvçilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganç xalqaro aeroportlariga amalga oşirilgan çarter aviaqatnovlari böyiça xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uçun, u respublika hududida kamida 5 keça tunab qolgan taqdirda, 20 dollar, qiş mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgaça) esa 50 dollar Davlat byudjeti va Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan teng uluşlarda qoplab beriladi.

❌ 2023-yil 1-sentyabrdan boşlab quyidagi talablar bekor qilinadi:

➖ turagentlarning elektron tölovlar, bron qiliş xizmatlarini körsatadigan kamida 2 ta xorijiy tildagi veb-saytga ega bölişi;

➖ turoperatorlarning elektron tölovlar xizmatlarini körsatadigan veb-saytga ega bölişi.

🏨 Tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan 10 mln dollar miqdoridagi investitsiyalar hisobiga quriladigan mehmonxonalarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari Davlat byudjeti hisobidan yetkazib beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek