Muhim

Özbekistonda 2027−2030-yillarda beşta sel-suv ombori quriladi

Foto30-may, 2026, 11:111 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonda 2027−2030-yillarda beşta sel-suv ombori quriladi

Prezident qaroriga köra, Toşkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida sel-suv omborlari barpo etiladi. Yangi loyihalar hisobiga 9,3 ming gektar yerning suv taʼminoti yaxşilanib, 3,6 ming gektar yangi maydon özlaştiriladi.

Omborlar Samarqandning Urgut va Qöşrabot, Jizzaxning Baxmal hamda Toşkent viloyatining Böstonliq tumanlarida quriladi. Mamlakat böyiça kiçik suv zaxiralarini yaratiş mumkin bölgan yana 60 ta hudud ham aniqlangan.

Ayrim loyihalar davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi. Omborlar atrofida turistik zonalar va baliqçilik xöjaliklarini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek