Toşkentda Islom Karimov haykali oldidagi hudud oçiq jamoat parkiga aylantiriladi
❗️Toşkentda Islom Karimov haykali oldidagi hudud oçiq jamoat parkiga aylantiriladi
Şahar hokimligi Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tutaş 37 gektarlik hududni aholi uçun oçiq jamoat parkiga aylantirişni rejalaştirmoqda.
Loyihaga köra, parkka kiriş qismidagi panjarali devorlar olib taşlanmoqda, qulay kiriş joylari taşkil etilib, özaro boğlangan piyodalar yölaklari tarmoği barpo etilmoqda.
Şuningdek, imkoniyati çeklangan şaxslar, keksalar, oilalar va bolalar aravaçasi bilan harakatlanuvçilar uçun tösiqsiz muhit yaratiladi.
Hududni obodonlaştiriş jarayonida mavjud daraxtlar va yaşil hududlarni asrab-avaylaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Maʼlumot uçun, mazkur majmua 2017-yilda Oqsaroy qarorgohi hududida taşkil etilgan. Uning tarkibiga muzey, ilmiy-tadqiqot va taʼlim markazi, kutubxona hamda anjumanlar zali kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars


