Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Toşkent viloyatining Qozoğiston bilan çegara hududida noqonuniy yerosti yöli (tunnel) aniqlandi

Video3-iyul, 2024, 14:443 daqiqa0 koʻrish

❗️ Toşkent viloyatining Qozoğiston bilan çegara hududida noqonuniy yerosti yöli (tunnel) aniqlandi

Hindistondan Qozoğiston orqali Özbekistonga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini olib keliş bilan şuğullangan jinoiy guruh foş etilgan.

Ular navbatdagi dori vositalarini «Dehli-Toşkent-Olmaota» aviayönalişi orqali «Olmaota» xalqaro aeroportiga olib kelib, Qozoğistonning Turkiston viloyati Sariyoğoç tumanidan yaşirin yerosti yöli orqali Toşkent viloyatining Toşkent tumaniga ötkazilgan.

Jinoiy guruh aʼzolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming sömlik, Hindistonda işlab çiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17048 dona dori vositalari rasmiylaştirib olingan.

Toşkent tumani «Örikzor» MFYda yaşovçi fuqaroning uyini Qozoğiston bilan boğlovçi yerosti yöli uzunligi 310 metrni taşkil etadi. Yerosti yöli havo ventilyasiyasi, yoritiş tizimi, yuklarni taşişga möljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.

Holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek