Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Toşkent viloyatida bolalar zaxarlanişi böyiça Nurmat Atabekov axborot berdi

Video27-sentabr, 2025, 11:254 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toşkent viloyatida bolalar zaxarlanişi böyiça SSV Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Atabekov axborot berdi.

Asosiy maʼlumotlar:

👧🧒 Jami 1 ming 922 nafar bola tibbiy körikdan ötkazildi.

Şundan:
▪️ 959 nafari soğlom deb topilib, uylariga javob berildi;
▪️ 269 nafar bola qisqa davolanişdan söng uylariga qaytdi;
▪️ Hozirda 694 nafar bola şifoxonalarda davolanmoqda. Ulardan 13 nafarining ahvoli örtaça oğirlikda.

Bugun yana 421 nafar bola soğayib, uyiga çiqarilişi kutilmoqda.

🔹 Toşkent şahridagi 17 ta ixtisoslaşgan muassasadan 100 dan ortiq olim va mutaxassislar jalb qilingan. Davolaş jarayonlari zamonaviy standartlarga muvofiq olib borilmoqda.

🔹 Bemor bolalarga ötkir gastroenterit taşxisi qöyilgan. Mutaxassislarning aytişiça, bu kasallik oğir toifaga kirmaydi va asoratsiz ötib ketadi.

🔹 Ştab har 3 soatda vaziyatni muhokama qilmoqda, joylarda epidemiologik suriştiruvlar davom etmoqda.

💊 Dori vositalarining yetarli zaxirasi mavjud.

⚖️ Aybdorlarga nisbatan huquqiy baho beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek