Muhim

Toşkent şahridagi oliygohlarda yangi öquv yilidan darslar soat 08:00 da boşlanadi

Matn27-avgust, 2026, 13:561 daqiqa0 koʻrish

❗️Toşkent şahridagi oliygohlarda yangi öquv yilidan darslar soat 08:00 da boşlanadi

2026/2027-öquv yilidan boşlab Toşkent şahrida joylaşgan oliy taʼlim taşkilotlarida birinçi smenadagi öquv maşğulotlari soat 08:00 da boşlanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga köra, mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali taşkil etiş, ertalabki va keçki tiğiz vaqtlarda yöllardagi yuklamani kamaytiriş hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul taşkil etişga qaratilgan.

Yangi öquv yiliga tayyorgarlik jarayonida poytaxtdagi oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari, professor-öqituvçilar, pedagoglar hamda talabalardan mazkur tartibni inobatga oliş söraldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek