Toşkent şahar hokimligi nihoyat soat 22:47-da tilga kirdi
Toşkent şahar hokimligi nihoyat soat 22:47-da tilga kirdi. Lekin hokimlik axborotida tayinli gap yöq. Javob örniga savol köpaydi.
Hokimlikning aytişiça, 11-yanvardan boşlab Toşkent şahridagi maktablarda ularning şaroiti, işlaşga tayyorligiga qarab, bosqiçma- bosqiç öquv jarayonlari boşlanadi.
Bu boradagi qaror maktablar rahbariyati tomonidan ota-onalar kengaşi bilan kelişgan holda qabul qilinişi tavsiya etilar ekan.
Demak, Toşkent şahridagi qaysidir maktabni oçiş uçun avval direktor ota-onalarni çaqiradi, keyin şaroitga qarab maktabni oçiş-oçmaslikni muhokama qiladi va şundan keyingina qaror qabul qilişadi.
Lekin Mirzo Uluğbek va Mirobod tumani hokimliklari allaqaçon ertaga, 11-yanvardan dars boşlanişini eʼlon qilib böldiku. Ular qaçon ota-onalar kengaşini yiğişga ulgurdi ekan? Keçqurun 11 dami? Yoki közböyamaçilikka böldimi hammasi? Xöp, maktabni oçişni kim hal qiladi özi: hokimlarmi yoki ota-onalar kengaşimi?
Xullas, “bardak”. Boşi yöq, oxiri yöq, masʼullarning özi ham nima qilayotganini, nima deyayotganini bilmayapti.
👉 @xushnudbek 👈
