Sovuq kunda taʼlimga sovuq munosabat
Sovuq kunda taʼlimga sovuq munosabat
Surxondaryo viloyati hokimligining qöşimça xabar qilişiça, toğli, olis hududlaridagi maktablarda dars maşğulotlari boşlanmaydi.
Lekin aynan qaysi maktablarda dars boşlanmasligini hozirça özlari ham bilişmaydi. Tumanlar hokimliklari toğli, olis hududlarda joylaşgan maktablar röyxatini endi şakllantirar ekan.
Menga bir narsa juda qiziq, hali hududlar taşkiliy jarayonlarga tayyormasakan, hali hal qilinişi kerak bölgan masalalar köp ekan, unda balo bormidi ertadan maktablarni oçib? Xuddi orqadan yov quvib kelayotganday, şoşa-pişa taʼlim muassasalarini oçmasdan, şuni avval puxta tayyorlab, hammani oldindan ogohlantirib, keyin maktablarni oçiş kerakmasmidi? 1 kun ming kun bölarmidi.
Mana, soat salkam tungi 11 böldi, lekin hududlarning yarmida ertaga nima bölişi nomaʼlum. Ota-onalarning boşi qotgan. Turli Telegram guruhlarda “ertaga dars, kelinglar” deb sinf rahbarlari, murabbiylar yozişyaptiyu, lekin öşa hudud uçun birorta rasmiy maʼlumot yöq. Ota-onalar na işonişni, na işonmaslikni bilişmayapti.
Taʼlimga, ayniqsa bolalar taʼlimiga ham şunaqa masʼuliyatsizlik bilan yondoşiş mumkinmi? Ha, bizda mumkin.
Bu gaplarim faqat Surxondaryo haqida emas (post uşbu hududdan boşlangandi), özi umuman bugun bölgan barça işlar haqida.
👉 @xushnudbek 👈
