Maşinani uluğlovçilar va tezlikni xuş köruvçilar tezlikka oid jarima ballaridan şikoyat qilişmoqda
Maşinani uluğlovçilar, tezlikni xuş köruvçilar va qoidalarga böysunişni xohlamaydiganlar jamiyati ança vaqtdan buyon tezlikka oid qoidabuzarliklardagi jarima ballaridan şikoyat qilib kelişadi.
Hozirgaça 9, 10, 11 jarima bali yiğişga ulgurgan aşaddiy qoidabuzarlar doim bir narsani söraşadi. Çeklangan tezlik 60 km/soat etib belgilangan joyda 66 km/soat tezlikda qoida buzganlar uçun ham 0,5 jarima bali beriladi, 80 km/soat tezlikda qoida buzganlar uçun ham 0,5 jarima bali beriladi. Ularning fikriça, bu adolatdan emas. Axir ikkalasi uçun bir xil ball berilmasligi, ikkalasi bir xil toifa bölmasligi kerak, deydi ular.
Masʼullar esa hozirça bu murojaatlarga reaksiya bildirmayapti. Şu yaxşimi endi, hurmatli masʼullar? Şunça odamning murojaatini yerda qoldiriş töğrimi? Unaqa qilmanglar, murojaatlarga labbay deb javob berişingiz şart.
✅Taklifim: dastlabki +10 km/soat uçun 0,5 ball, keyingi +10 km/soat tezlik uçun 0,7 ball beriş kerak. Şunda 66 da kelganlarga 0,5 ball, 80 da kelganlarga 0,7 ball böladi. Murojaatlarga ham yeçim topiladi. Özlari bir xil bölmasin deyapti-ku, mana, bir xil bölmaydi şunda.
Qoidabuzar haydovçilarning murojaatlarini yerda qoldirmasligingizni sörab qolar edim.
👉 @xushnudbek 👈
- 14 Telegram Stars


