Texnikum va kollej bitiruvçilari diqqatiga!
❗️Texnikum va kollej bitiruvçilari diqqatiga!
#abituriyent
Joriy 2023-yilda texnikum yoki kollejni tugatgan bitiruvçilar my.uzbmb.uz sayti orqali röyxatdan ötayotganda taʼlim muassasasini tugatgan yil sifatida 2023-yil çiqmayotganini aytişmoqda.
Buning sababi oddiy.
Avval ham eʼlon qilganimizdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar diplom bilan emas, balki maktabning 11-sinf şahodatnomasi bilan öqişga topşiradi.
Köpçilik diplom bilan topşiraman, deb öylab adaşyapti. Hatto ayrimlar "kollejim haligaça diplomni bermayapti, men öqişdan qolib ketaman", deb xavotir ham olişmoqda.
Yöq, yöq va yana yöq!
Sizlar maktabning 11-sinfini tugatgansizlar va abituriyent sifatida aynan maktab şahodatnomasi bilan topşirasizlar. Tugatgan yilga ham 2023-yilni emas, maktabni tugatgan yilni körsatasizlar.
❓Tölov masalasi-çi?
Va öz-özidan testga kiriş uçun tölov ham qilişlaringiz kerak. Köpçilik, "biz 2023-yilda kollej yoki texnikumni tugatdik, demak biz joriy yilgi bitiruvçi sifatida tölov qilmaymiz", deb öylaşmoqda. Lekin unaqa emas.
Yuqorida aytganimdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar öqişga maktab şahodatnomasi bilan hujjat topşiradi va öz-özidan avvalgi yillardagi bitiruvçi hisoblanadi. Şu sababli ular ham testga kiriş uçun 165 ming söm tölov qilişadi.
👉 @xushnudbek 👈


