Test uçun tölov qilişni unutmang!
Test uçun tölov qilişni unutmang!
#abituriyent
Bugun soat 23:59 gaça tölovni amalga oşirişingiz kerak. Avvalgi yillarda muddatni 1 kunga uzaytirib berişgan, lekin bunga işonib qolmaslik kerak.
Joriy yil bitirganlar uçun testga kiriş tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 söm (yarim “minimalka”) tölaşi kerak.
❓Tölovni amalga oşirmasa nima böladi?
❌Tölovni amalga oşirmagan abituriyentlar röyxatdan ötmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qöyilmaydi.
❓Kimlar tölovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçalari bitiruvçilari;
— töliq davlat taʼminotidagi şaxslar;
— nogironligi bor şaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan şaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar.
Agar siz uşbu toifalardan biriga tuşsangiz, unda bu şaxsiy kabinetingizda avtomatik körinadi va “Tölovdan ozod etilgansiz” degan maʼlumot çiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars


